Toshkentda pandemiya bilan kurash davomida jonini fido qilgan tibbiyot xodimlari xotirasiga bag‘ishlangan aksiya boshlandi, deya xabar berdi poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
11 dekabr kuni soat 10:00 da G‘alaba bog‘iga kirish oldidagi maydonchada Xotira xiyobonini tashkil qilish ishlariga start beriladi.
Birinchi bosqichda 61 ta daraxt ekiladi: chinorlar, qayrag‘och va akatsiyalar.
Aksiya tashkilotchisi bo‘lgan — O‘zbekiston Landshaft san’ati uyushmasi va Olmazor tuman hokimligi — xususiy kompaniyalarga ham homiylikni taklif qilib, loyihaga befarq bo‘lmagan toshkentliklarni daraxt ekishda qatnashishga chaqirmoqda.