Bosh prokuraturaning yana bir boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari pora olganlikda gumon qilinmoqda

Bosh prokuraturaning yana bir boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari fuqaroning jinoiy ishini tugatib berishni va’da qilib, undan 3 ming dollar pora olgani aytilmoqda. Unga nisbatan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bundan avval ham boshqa bir boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari pora olgani aytilgandi.

Samarqand aeroporti 10 dekabrdan ochiladi

Samarqand aeroporti 10 dekabrdan yana mintaqaviy va xalqaro reyslarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Aeroport majmuasi qurilishi esa hanuz davom etmoqda.

Endi Toshkentdan Andijonga payshanba kunlari ham poyezd qatnaydi

«Toshkent-Andijon-Toshkent» yo‘nalishida har payshanba kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Qatnov Toshkent markaziy hamda Andijon temir yo‘l vokzallaridan amalga oshiriladi.

To’palang HPD Platinum Surxondaryoda $138 mlnlik loyihani tendersiz amalga oshirmoqda

To‘palang suv omboridan Surxondaryo viloyatigacha magistral suv quvurini yotqizish loyihasining qiymati 138 mln dollar deb baholanmoqda. Hukumatning yopiq qarori bilan bosh pudratchi sifatida To’palang HPD Platinum kompaniyasi tanlangan. Kompaniya «O‘zbekgidroenergo» rahbarining o‘g‘li direktori va ta’sischisi bo‘lgan To’palang HPD Holding tarkibiga kiradi.

Qonunchilik palatasi majlisining jonli efiri 50 daqiqadan kamroq davom etdi

Qonunchilik palatasi majlisining Uzreport TV telekanali orqali uzatilgan jonli efiri 48 daqiqa o‘tib to‘xtatildi. Palata buni kanalda boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlanishi bilan izohladi. Prezident farmoniga asosan 1 dekabrdan quyi palata majlislari MTRK telekanallari va internet orqali jonli efirga uzatilishi kerak.

OTB O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun $100 mln kredit ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznes faoliyatini kengaytirish va ular uchun qulay muhitni yaratish maqsadida 100 mln dollar kredit ajratadi. Bunda kredit OTB maxsus dasturining birinchi kichik qismini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi va 20 mln dollar ekvivalentidagi mablag‘ so‘mda taqdim etiladi.

Mahalla ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilganlarni aniqlashda ishtirok etadi

Prezident fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlarga qo‘shimchalar kiritishga oid qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, mahalla ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilganlarni aniqlashda ishtirok etadi. Bundan tashqari, endi tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar bepul davolanadi.

Yer, suv resurslaridan foydalanganlik uchun hamda aksiz soliqlari o‘rtacha 10 foizga o‘sishi mumkin

Deputatlar muhokama qilayotgan Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasiga muvofiq, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hamda aksiz solig‘i stavkalari o‘rtacha 10 foizga o‘sishi kutilmoqda.

«Gazeta.uz»da chiqqan maqolalar:

O‘zbekiston iqtisodiyoti 30 yil mobaynida qanday o‘zgardi?

30 yil davomida sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari YAIMining umumiy hajmi uch barobardan ziyodga o‘sdi. 2020 yilda O‘zbekiston real YAIM hajmi 1991 yilga nisbatan 3,4 baravarga ko‘paydi, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM ko‘rsatkichi 2,9 foizga oshdi. Mamlakat eksporti tarkibida paxta xomashyosi ulushi keskin qisqarib, oltin yetakchi eksport mahsulotiga aylandi.