Toshkent shahar hokimining tegishli qaror loyihasi bilan 1 yanvardan Toshkent shahrida yo‘lkira haqi oshishi mumkin. Bunda shahar jamoat transporti — avtobus va metropolitenda cheklangan tarif bir yo‘lovchi uchun 1700 so‘m, bir yo‘lovchining bagajini tashish bo‘yicha xizmat uchun — 3 000 so‘m etib belgilanishi nazarda tutilmoqda.

Qaror loyihasiga ko‘ra, tarif rejalarini belgilash Vazirlar Mahkamasining 2020 yildagi 643-son qaroriga asosan belgilangan.

Tarif rejalarining nomlanishi

Tarif turlari

(kun)

Tarif turidagi

qatnovlar soni

Tarif rejalarining narxi,

(so‘m)

1.

«AV» avtobus, elektrobus — aholi uchun

5

22

29 000

10

44

58 000

15

66

86 000

20

88

115 000

30

130

170 000

2.

«AVM» avtobus, elektrobus, metro — aholi uchun

5

30

39 000

10

60

79 000

15

90

118 000

20

120

157 000

30

180

236 000

3.

«N» avtobus, elektrobus — pensionerlar va nogironlar uchun

5

22

14 000

10

44

29 000

15

66

43 000

20

88

58 000

30

130

85 000

4.

«T» avtobus, elektrobus — talabalar uchun

5

22

14 000

10

44

29 000

15

66

43 000

20

88

58 000

30

130

85 000

5.

«O'» avtobus, elektrobus — o‘quvchilar uchun

5

22

14 000

10

44

29 000

15

66

43 000

20

88

58 000

30

130

85 000

6.

«NM» avtobus, elektrobus, metro — pensionerlar
va nogironlar uchun

5

30

20 000

10

60

39 000

15

90

59 000

20

120

79 000

30

180

118 000

7.

«TM» avtobus, elektrobus, metro — talabalar uchun

5

30

20 000

10

60

39 000

15

90

59 000

20

120

79 000

30

180

118 000

8.

«O’M» avtobus, elektrobus, metro — o‘quvchilar uchun

5

30

20 000

10

60

39 000

15

90

59 000

20

120

79 000

30

180

118 000

9.

«B» bepul — transportdan bepul foydalanishhuquqiga
ega bo‘lgan shaxslar uchun

30

60

0

2022 yilda yangi tariflarning joriy etilishi natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, «Toshshahartrancxizmat» va «Toshkent metropoliteni»ning zararlari kamayishi mumkin. Buning oqibatida shahar budjeti xarajatlari 128−130 mlrd so‘mga kamayishi kutilmoqda.

Hozirda loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun regulation.gov.uz portaliga joylashtirilgan. Unga fuqarolar 26 dekabrgacha takliflar kiritishi mumkin.

Bunga qadar poytaxtda jamoat transporti uchun narxlar so‘nggi marotaba 2019 yilning avgust oyida — 1200 so‘mdan 1400 so‘mgacha oshirilgan edi.