Yirik qurilish materiallari ishlab chiqaruvchisi «PENOPLEKS» kompaniyasi ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishda davom etmoqda. Kompaniya O‘zbekistonda issiqlik izolyatsiya materiallarini ishlab chiqarish maydonini kengaytirishga investitsiya kiritmoqda.

2022 yilda ishlab chiqaruvchining Toshkent viloyat Angren shahridagi maydonida ekstruzion ko‘pikli polistiroldan yuqori sifatli issiqlik izolyatsiya mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi liniyani ishga tushirish rejalashtirilgan.

O‘zbekistonda yangi liniyaning ishga tushirilishi korxonaning issiqlik izolyatsiya plitalarini ishlab chiqarish quvvatini yiliga 450 ming kub metrga oshirishga yordam beradi. Qo‘shimcha liniya nafaqat mintaqada assortimentni kengaytirish imkoniyatini yaratadi, balki qo‘shni davlatlar — Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlaridagi yuqori sifatli qurilish materiallariga ortib borayotgan talabni ham to‘liq qondiradi.

Ayrim yetakchi ilmiy-tadqiqot va sinov-konstruktorlik institutlar bilan hamkorlikda kompaniya sanoat, agrosanoat, fuqarolik va yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun energiya tejaydigan tizimli yechimlarni ishlab chiqmoqda. Barcha «PENOPLEKS» materiallari va tizimlari issiq mintaqalar uchun moslashtirilgan va qishda iliq havoni saqlashdan tashqari yozda binolar ichida salqinlikni ushlab turishga ham yordam beradi.

«PENOPLEKS» mahsulotlari Rossiyada mashhur bo‘lib, dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlariga muvaffaqiyatli eksport qilinmoqda. Kompaniya tizimida 13 ta ishlab chiqarish maydonlari mavjud: 10 ta zavod Rossiya shaharlarida va 3 ta zavod chet elda joylashgan. Maydonlar zamonaviy laboratoriyalar bilan jihozlangan bo‘lib, ularda har bir material partiyasi sinovdan o‘tkaziladi. Ular jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining uskunalari bilan jihozlangan.

Yirik xalqaro ishlab chiqaruvchi sifatida «PENOPLEKS» qurilish sohasida energiya samaradorligini oshirish, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik bo‘yicha yangi loyihalarni ishlab chiqishga katta e’tibor beradi. Kompaniya ishlanmalarni faol ravishda amalga oshiradi va bozorga yangi konstruktiv yechimlarni taklif qiladi, shu bilan kompaniya faoliyat yuritayotgan butun hududda qurilish sifatini oshiradi.

Kompaniya o‘z faoliyatini 1998 yilda Rossiyada «PENOPLEKS» savdo belgisi ostida ekstruzion ko‘pikli polistiroldan issiqlik izolyatsiya materiallari ishlab chiqarish liniyasini ishga tushirishdan boshlagan. Bugungi kunda «PENOPLEKS» tizimida quyidagi sohalarda mahsulotlar ishlab chiqaradigan va sotadigan kompaniyalar mavjud: «PENOPLEKS» — issiqlik izolyatsiya materiallari, PLASTFOIL — gidroizolyatsiya materiallari, PLASTGUARD — himoya va drenaj materiallari, «STAYROVIT» — umumiy qo‘llaniladigan polistirol, «PENOPLEKS» — polistiroldan tayyorlangan dekorativ va pardozlash materiallari, PROPLUG — mahkamlatgichlar.

Reklama huquqlari asosida.