Aktam Muxammadiyev prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda adliya vazirining matbuot kotibi xabar berdi.
Aktam Muxammadiyev 1977 yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1999 yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriat, 2001 yilda magistratura bosqichini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
U o‘z mehnat faoliyatini 2001 yilda Adliya vazirligining yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlikning turli mas’ul lavozimlarida ishlagan.
2017 yildan bugungi kunga qadar Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Tashkulov lavozimidan ozod etilib, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlangan edi.