«Uzbekistan Airways» kompaniyasi ta’tildagi talabalar uchun qulaylik yaratish maqsadida 7 yanvardan 9 yanvarga qadar Urganch, Buxoro, Namangan, Qarshi va Nukusdan Toshkentga quyidagi qatnovlarni amalga oshirishni rejalashtirganini ma’lum qildi.
7 yanvar
- Toshkent — Urganch — Toshkent
- Toshkent — Buxoro — Toshkent
8 yanvar
- Toshkent — Namangan — Toshkent
- Toshkent — Urganch — Toshkent (yo‘lovchi sig‘imi ko‘p bo‘lgan havo kemasi turiga almashtirildi)
- Toshkent — Buxoro — Toshkent (yo‘lovchi sig‘imi ko‘p bo‘lgan havo kemasi turiga almashtirildi)
- Toshkent — Nukus — Toshkent (yo‘lovchi sig‘imi ko‘p bo‘lgan havo kemasi turiga almashtirildi)
9 yanvar
- Toshkent — Nukus — Toshkent
- Toshkent — Buxoro — Toshkent
- Toshkent — Qarshi — Toshkent
- Toshkent — Urganch — Toshkent
Parvoz vaqtini aviakompaniyaning rasmiy saytidan va aviakompaniya kassalaridan bilib olish mumkin.