10 yanvar kuni soat 02:41 da epitsentri Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida bo‘lgan zilzila qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston FVV Respublika seysmik prognostik monitoring markazi ma’lum qildi.
Toshkentdan 355 km janubi-g‘arbda joylashgan epitsentrda zilzila magnitudasi 4,4 ballni tashkil qilgan. O‘choqning chuqurligi — 15 km.
Surxondaryo va qo‘shni viloyatning turli hududlarida zilzila kuchi quyidagicha bo‘lgan:
- Oltinsoy tumani: 3 ball, epitsentrdan 34 km;
- Denov tumani: 3 ball, 35 km;
- Boysun tumani: 3 ball, 36 km;
- Sariosiyo tumani: 2−3 ball, 50 km;
- Qumqo‘rg‘on tumani: 2 ball, 57 km;
- Shurchin tumani: 2 ball, 61 km;
- Bandixon tumani: 2 ball, 63 km;
- Qashqadaryo viloyatining Qamashin tumani: 2 ball, 65 km;
- Uzun tumani: 2 ball, 70 km;
- Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani: 2 ball, 71 km;
- Qashqadaryo viloyati Shahrisab tumani: 2 ball, 71 km.