Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida karantin qoidalariga qat’iy rioya qilinadi, deya xabar bermoqda MTV matbuot xizmati.
Bunga O‘zbekistonda koronavirusning omikron shtammining aniqlangani sabab qilib ko‘rsatildi.
Unga ko‘ra:
- Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida «COVID- 19» pandemiyasi davrida vaqtinchalik sanitariya-gigiyenik talablarga qat’iy rioya etiladi;
- bayram tadbirlari o‘tkazilishi vaqtinchalik cheklanadi;
- ota-onalar va tashqaridan mehmonlar kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi (zarur vaziyatlarda so‘nggi uch kunlik PSR testi va emlanganligi haqida sertifikati bo‘lishi lozim);
- yig‘ilishlar o‘tkazilishi cheklanadi, zarur hollarda yig‘ilishlar videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladi;
- mazkur cheklov buzilsa, tegishli tartibda javobgarlik choralari (hayfsan, jarima va b.q.) qo‘llaniladi.
Avvalroq, O‘zbekistonda karantin choralari yana kuchaytirilishi aytilgandi. Undan so‘ng maktablarda ham qishki ta’til 24 yanvarga qadar uzaytirildi.