5 fevral kuni soat 9:16 da O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida zilzila sezildi. Uning epitsentri Afg‘onistonda bo‘lgan, deya xabar berdi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 573 km janubiy-sharqda joylashgan. Uning magnitudasi — 6,8. O‘choq chuqurligi — 225 km.
O‘zbekiston hududlarida sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida 4 ball, epitsentrdan 355 km.
- Farg‘ona viloyatida 3−4 ball, 455 km.
- Sirdaryo viloyatida 3−4 ball, 506 km.
- Andijon viloyatida 3−4 ball, 508 km.
- Jizzax viloyatida 3−4 ball, 510 km.
- Samarqand viloyatida 3−4 ball, 518 km.
- Namangan viloyatida 3−4 ball, 523 km.
- Qashqadaryo viloyatida 3−4 ball, 545 km.
- Toshkent shahrida 3 ball, 573 km.
- Navoiy viloyatida 3 ball, 653 km.
- Buxoro viloyatida 3 ball, 698 km.
- Xorazm viloyatida 2−3 ball, 1074 km.
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 ball, 1198 km.