Valiyev Tal’at Shuxratovich O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Nigoh Telegram-kanali xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari Shayakubov Babur Axmadjanovich lavozimidan ozod etilib, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
Tal’at Valiyev faoliyati davomida Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.