Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida taekvondoning WT yo‘nalishi bo‘yicha o‘tgan turnirda O‘zbekiston delegatsiyasi 7 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Butunjahon taekvondo WT taqvimida 2 ta reyting turniri bo‘lib, unda Olimpiada ochkolari o‘ynaladi.
6−8 fevralda o‘tgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ikki guruhga bo‘lingan holda ishtirok etib, dastlabki turnir — «Fujairah Open-2022» musobaqasida 11 nafar sportchi bilan qatnashdi.
Umumiy hisobda 7 medal qo‘lga kiritildi, shundan to‘rttasi oltin.
Oltin medal:
- Ulug‘bek Rashitov — 68 kg
- Jasurbek Jaysunov — 74 kg
- Feruza Sadikova — 62 kg
- Svetlana Osipova — 73kg
Kumush medal:
- Charos Qayumova — 53 kg
Bronza medal:
- Nikita Rafalovich — 80 kg
- Niyoz Po‘latov — 63 kg
Ma’lumot o‘rnida, qo‘shni Qozog‘iston esa musobaqadan 15 ta medal: xususan, 2 ta oltin, 4 ta kumush va 9 ta bronza bilan qaytdi.