13−15 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga G‘arbiy Qozog‘iston orqali janubiy Ural viloyatlaridan sovuq va nam havo massasining kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

13−4 fevral kunlari respublikada ba’zi joylarda shamol kuchayishi, ayrim tumanlarda chang-to‘zonli qor yog‘ishi kutilmoqda. 15−17 fevralda kechasi havo harorati -4−7 darajagacha sovuqqa tushishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0−2° iliq va kunduzi 2−4° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17−22 m/s gacha kuchayadi, Qoraqalpog‘istonda 25−28 m/sgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2−7° sovuq, kunduzi -2 — +3° iliq, Ustyurtda kechasi va kunduzi 2−7° sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17−22 m/s gacha, ayrim tumanlarida chang-to‘zon, Navoiy viloyatida 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq — 3° iliq, kunduzi 1−6° iliq; cho‘l hududlarda kechasi va kunduzi 0−5° sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17−22 m/s gacha, ayrim tumanlarida chang-to‘zon, Jizzax viloyatida 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2−7° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17−22 m/s gacha, ayrim tumanlarida chang-to‘zon, Surxondaryo viloyatida 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0−5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 6−11° iliq bo‘ladi.

Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17−22 m/s gacha, ayrim tumanlarida chang-to‘zon, Farg‘ona viloyatida 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 2−7° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g;arbdan 7−12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17−22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3−8° sovuq, kunduzi 0−5° sovuq bo‘ladi.