O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 fevral kuni avtomobillar importi uchun bojxona bojlari stavkalarini pasaytirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. «Gazeta.uz» o‘zgartishlar import qilinayotgan yengil avtomobillar narxiga qanday ta’sir ko‘rsatishini hisoblab chiqdi.
Bojxona to‘lovlari stavkalari ikki bosqichda pasaytiriladi. 2023 yilning 1 yanvargacha ular ikki yoki undan ortiq martaga kamayadi. Nafaqat to‘lovlar, balki dvigatel hajmi uchun belgilangan qo‘shimcha koeffitsiyentlar ham kamayadi. 2023 yil 1 yanvardan stavka 15% darajasida qoladi, biroq qo‘shimcha koeffitsiyent yana kamayadi. bojlar фақатгинаO‘zbekiston chegarasidan olib o‘tish vaqtida ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan yangi avtomobillargaтааллуқли bo‘ladi (bungacha- 3 yildan oshmagan).
Misollar: import qilinadigan avtomobillar narxi qanday o‘zgaradi
Dvigatelining hajmi 1000 kub sm gacha, narxi 6000 dollar bo‘lgan import avtomobili hozirgi bojxona boji va yig‘imlari (30+1,8 doll./ kub sm + 15% QQS +BHMning 30 baravari) tizimi sharoitida importchining ustamasisiz 11790 dollarga tushadi. Boshqacha aytganda, import yengil avtomobilini olib kirish uchun uning qiymatidan 96,5 foiz (5790 dollar) qo‘shimcha to‘lashga to‘g‘ri kelar edi.
Bojxona boji pasaytirilishi bilan qo‘shimcha to‘lov 3605 dollar (avto qiymatining 60 foizi), 2023 yil 1 yanvardan boshlab esa — 3145 dollargacha (52,4%) kamayadi.
Import avtomobillarining o‘rtacha narxlari esa (quyida keltirilgan jadvaldagi taxminiy raqamlarga asoslanib) 18 foizga, 2023 yildan — 21 foizga pasayishi kerak.
Shu bilan birga, eslatib o‘tish joizki, Bojxona ittifoqi doirasida ishlab chiqarilgan ST-1 muvofiqlik sertifikatiga ega avtomobillar (Rossiya, Qozog‘iston va boshqa MDH davlatlari) hamda elektromobillar narxiga tariflarning o‘zgarishi ta’sir qilmaydi, chunki bu toifadagi yengil avtomobillarga nol qiymatdagi boj qo‘llaniladi. Misol uchun, Rossiyadan «Lada» avtomobillarini import qiluvchilar boj to‘lamaydi.
«Gazeta.uz» hisob-kitoblarining to‘g‘rilishini Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati tasdiqladi.
Taqqoslash jadvali (stavkalar)
«Inomarka» narxi | Dvigatel hajmi (eng yuqori hajm hisobga olinmoqda) | Stavka (30%+qo‘sh. koeffitsiyentlar) | QQS | Utilizatsiya yig‘imi | Yig‘imlardan keyingi narx |
2022 yil 21 fevralga qadar | |||||
6000 | 1000 kub. sm gacha | 3600 | 1440 | 750 | 11790 |
8000 | 1000 dan 1500 kub. sm gacha | 5400 | 2010 | 3000 | 18410 |
12000 | 1500 dan 1800 kub. sm gacha | 8100 | 3015 | 3000 | 26115 |
16000 | 1800 dan 3000 kub. sm gacha | 12300 | 4245 | 4500 | 37045 |
«Inomarka» narxi | Dvigatel hajmi | Stavka (15%+qo‘sh. koeffitsiyentlar) | QQS | Utilizatsiya yig‘imi | Yig‘imlardan keyingi narx |
2022 yil 21 fevraldan 2023 yil 1 yanvargacha | |||||
6000 | 1000 kub. sm gacha | 1700 | 1155 | 750 | 9605 |
8000 | 1000 dan 1500 kub. sm gacha | 2700 | 1605 | 3000 | 15305 |
12000 | 1500 dan 1800 kub. sm gacha | 3960 | 2394 | 3000 | 21354 |
16000 | 1800 dan 3000 kub. sm gacha | 6150 | 3322,5 | 4500 | 29972,5 |
«Inomarka» narxi | Dvigatel hajmi | Stavka (15%+qo‘sh. koeffitsiyentlar) | QQS | Utilizatsiya yig‘imi | Yig‘imlardan keyingi narxi |
2023 yil 1 yanvardan | |||||
6000 | 1000 kub. sm gacha | 1300 | 1095 | 750 | 9145 |
8000 | 1000 dan 1500 kub. sm gacha | 2100 | 1515 | 3000 | 14615 |
12000 | 1500 dan 1800 kub. sm gacha | 3240 | 2286 | 3000 | 20526 |
16000 | 1800 dan 3000 kub. sm gacha | 5400 | 3210 | 4500 | 29110 |