Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 24 fevraldan kuchga kiradi.
- 1 AQSh dollari 29,59 so‘mga pasaydi va 10 840,28 so‘mni tashkil etmoqda;
- 1 Yevro 6,69 so‘mga ko‘tarildi va 12 310,22 so‘m deb baholandi;
- 1 Rubl 0,17 so‘mga ko‘tarildi va 136,41 so‘mga teng bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 18,27 so‘mga pasayib, 10 869,80 so‘mni tashkil qilgandi.