Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Kudratov Yevropa Parlamentining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Devid Makallister bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda ITSV matbuot xizmati.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy hamkorlik hamda madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlarning bugungi holati muhokama qilingan.
Xususan, kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolashni jadallashtirish, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi va Yevropa ittifoqining «GSP+» Preferensiyalar bosh tizimidan foydalanish doirasida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Shu bilan birga, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhining beshinchi yig‘ilishini tashkil etish masalalari ham muhokama qilingan.