Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida general mayor Abdulla Qo‘ldoshev nomzodi favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga ma’qullandi, deb xabar bermoqda «Nigoh» telegram kanali.
O‘zbekiston prezidentining 1 martdagi tegishli farmoniga muvofiq Abdulla Qo‘ldoshev lavozimga tayinlandi.
Abdulla Qo‘ldoshev favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Ungacha ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi instituti boshlig‘i bo‘lgan. 2005−2007 yillarda ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
U ushbu lavozimda 2018 yilning aprelidan buyon O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida ishlab kelgan Tursinxon Xudoyberganov o‘rnini egalladi.
Tursinxan Xudaybergenov o‘z navbatida mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri vazifasini v.b. lavozimiga ma’qullangan.