Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi rahbarining o‘rinbosarlari tayinlandi. Bu haqda Prezident administratsiyasiga yaqin «Nigoh» Telegram kanali xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Sodiqjon Turdiyev mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bungacha u mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari edi.
Sodiqjon Turdiyev. Foto: O‘zA.
Shuningdek, Prezident adminitratsiyasida mas’ul xodim sifatida faoliyat yuritgan Abdulla Tursunov vazirning o‘rinbosari bo‘ldi.
Bundan tashqari, oldinroq Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muxtor Muhitdinov ham mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Muxtor Muhitdinov.
Ma’lumot uchun, mart oyining boshida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi sifatida qayta tashkil etilgan edi.