Otabek Fazilkarimov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Nigoh Telegram-kanali xabar berdi.
U bunga qadar 2020 yilning noyabridan beri Moliya vazirligi Sog‘liqni saqlash va sport sohalarida budjet siyosati departamenti direktori lavozimida ishlagan.
Otabek Fazilkarimov 1986 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2007 yilda Toshkent davlat iqtisodiyoti universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2007 yilda O‘zbekiston Moliya vazirligi fan va ijtimoiy sohani moliyalashtirish Bosh boshqarmasi fanni moliyalashtirish bo‘limida 1-toifali iqtisodchi lavozimida boshlagan.
2017−2019-O‘zbekiston Moliya vazirligi ijtimoiy va ilmiy moliyalashtirish Bosh boshqarmasi Sog‘liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlagan.
2020−2020 yillarda O‘zbekiston Moliya vazirligining ijtimoiy, ilmiy va ijtimoiy himoya sohalarida budjet siyosati departamenti direktorining o‘rinbosari — ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash sohasida budjet siyosati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.