11−15 mart kunlari O‘zbekistonda kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel kelish xavfi e’lon qilindi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Sel kelish xavfi mavjud hududlar ro‘yxati:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzar, Koson;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqorg‘on;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarkand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattago‘rg‘on;
- Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod, Zafarabod;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bustonliq, Parkent, Yuqori-Chirchiq, Piskent;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqurg‘on;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Ferg‘ona, Beshariq;
- Andijon viloyati: Andijon, Jalal quduk, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Ulug‘nor tumanlari.
O‘zgidromet tog‘ oldi va tog‘li hududlarida istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralariga amal qilishni so‘ramoqda.
Eslatib o‘tamiz, 5−9 mart kunlari ham kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sabab 9 ta viloyatda sel kelish xavfi e’lon qilingandi.