Iordaniyada 13 mart kuni boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlari sarhisob qilindi. O‘zbekiston terma jamoasi turnirda eng kuchli bo‘ldi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati. Ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston, uchinchi o‘rinda Hindiston terma jamoasi.
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani 6 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan yakunladi:
Oltin medallar:
-48 kg: Ilhomjon Ergashev
-50 kg: Samandar Olimov
-70 kg: Jafarbek Shaxbozov
-75 kg: Temurbek Abduvohidov
-80 kg: Rahmonjon Qodirov
+ 80 kg: Ozodbek Aliyev
Kumush medallar:
-52 kg: Sunnatilla O‘ktamaliyev
-54 kg: Miroshox Norqosimov
-57 kg: Farrux To‘laganov
-60 kg: Mirzakamron Yunusov
-63 kg: Xojiakbar Qudratov
Bronza medali:
-66 kg: Sardor Dilolov
O‘smir qizlar jamoasi esa musobaqada 5 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi:
Oltin medallar:
-46 kg: Jasmin Tohirova
-48 kg: Zilolaxon Yusupova
-54 kg: Uzukjamol Yunusova
-70 kg: Oysha Toirova
+80 kg: Sobiraxon Shaxobiddinova
Kumush medal:
-52 kg: Rahima Bekniyazova
Bronza medallari:
-50 kg: Xilolaxon Mashrabova
-63 kg: Ruxshona Shakarova
-66 kg: Farida Zaripova
-75 kg: Sanobar Bozorboyeva
-80 kg: Ruxshona Parpiyeva