O‘zgidromet mamlakatning 9 ta hududida sel kelish xavfi borligi haqida xabar berdi. 16−19 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqorg‘on, Muzrobot;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon;
- Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bustonliq, Parkent, Yuqori-Chirchiq;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqurg‘on;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq;
- Andijon viloyati: Andijon, Jalal quduk, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izbosgan, Xo‘jaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel kelishi xavfi e’lon qilindi.
Tog‘ oldi va tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan, shuningdek dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralariga amal qilish so‘ralgan.
Avval xabar berganimizdek, O‘zgidromet 17−20 mart kunlari ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchiliklar va shamol bo‘lishi, havo harorati -10 darajagacha tushishi kutilayotganini ma’lum qilgan edi.