“Toshshahartranshizmat” kompaniyasi Navro‘z bayrami munosabati bilan kelayotgan dam olish kunlari Toshkentda avtobus yo‘nalishlari ish grafigini e’lon qildi.
Jamoat transporti quyidagicha tartibda ishlaydi:
- 21-mart, dushanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida. Yo‘nalishlardagi ish vaqtining tugashi 1 soatga uzaytiriladi;
- 22-mart, seshanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 23-mart, chorshanba — dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida harakatni davom ettirishi belgilab qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, prezident farmoniga ko‘ra, Navro‘z bayrami munosabati bilan haftasiga besh kun ishlaydigan xodimlar ketma-ket besh kun, shanbada ham ishlaydiganlar esa 4 kun dam oladi.