Prezidentning tegishli qaror va farmoyishi bilan Davlat bojxona qo‘mitasi rahbariyati va bir qator hududiy bojxona boshqarmalari rahbariyatida muhim tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

DBQ raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi bo‘lib xizmat qilib kelayotgan Muxtorov Ilxom Muxtorovich DBQ raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

O‘zbekiston prezidenti Administratsiyasida faoliyat yuritib kelgan Ibragimov Otabek Ismoilovich DBQ raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.

DBQ raisi o‘rinbosari vazifasida xizmat qilib kelayotgan Saliyev Mutalibdjan Obidjonovich Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i vazifasida xizmat qilib kelayotgan Xojimatov Olimjon Xamidjanovich Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i vazifasida xizmat qilib kelayotgan Kazakov Ilxombek Bazarbayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida xizmat qilib kelayotgan Klichev Maksudbek Raximberganovich Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida xizmat qilib kelayotgan Muratov Baxtiyor Shavkatovich Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining «Ark buloq» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti boshlig‘i vazifasida xizmat qilib kelayotgan Nasirov G‘ayrat Farxadovich «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi boshlig‘i etib tayinlandi.

Shuningdek, DBQ raisining shaxsiy tarkib bo‘yicha navbatdagi buyrug‘iga binoan bir qator hududiy bojxona boshqarmalari boshliqlariga o‘rinbosarlar tayinlandi.

Osmanov Nurmuxamed Djamgirbayevich Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

Raxmatov Erkin Ismatilloyevich Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.


Seydemetov Ilham Oralbayevich Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.


Qurbonov Soxibjon Olimjonovich Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

Xasanov Akmaljon Maxkamovich Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

Usmanov Nodirbek Noxidjonovich Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

Tolipov Botirali Sobirjonovich Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati

Davletov Javlanbek Sadullayevich Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi.