Buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur Xitoyga yurish chog‘ida, 1405-yil 18-fevral kuni O‘tror shahrida vafot etadi. Uning vafotidan so‘ng, bir necha asrlar davomida uning aynan qayerda dafn etilganligi bo‘yicha turli xil ma’lumotlar mavjud edi. Ba’zi manbalar uning aynan O‘trorda dafn qilinganligini, boshqalarida esa Temurning jasadi Samarqandga olib kelinib, Go‘ri Amir maqbarasiga ko‘milganligi haqida yozilgan.
Bundan 81 yil ilgari sobiq Sovet Ittifoqi olimlaridan iborat guruh Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasiga aynan ushbu ma’lumotga aniqlik kiritish uchun ekspeditsiya o‘tkazadi. Ekspeditsiyaning maqsadi — Amir Temur qabrini aniqlash va O‘rta asrlarda yashab, faoliyat yuritgan Temuriylar sulolasini ilmiy asosda tekshirib o‘rganish deb ko‘rsatilgandi.
“Gazeta.uz” Kinofotofonohujjatlar Milliy arxivining mazkur ekspeditsiya qanday o‘tgani haqidagi turli yozma va video tasvirli ma’lumotlarini to‘pladi (video).
Ekspeditsiya guruhi
Samarqand viloyati hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, Temuriylar xilxonasini ўрганиш uchun tashkil etilgan hukumat ekspeditsiyasi tegishli hujjatlarni tayyorlab, Stalinning buyrug‘iga ko‘ra 1941-yilning 15-iyunida Samarqandga yetib keladi. Ekspeditsiyaga boshliq qilib olim va jamoat arbobi Qori-Niyoziy tayinlandi, guruhga tilshunos olim A. Semyonov, antropolog olim Mixail Gerasimov, taniqli yozuvchi Sadriddin Ayniylar kiritiladi.
Haykaltarosh skulptor-antropolog Gerasimov tarixiy shaxslarning bosh chanoqlari asosida o‘zi yaratgan qiyofalar haqida ma’lumot berdi va suratlar majmuasini namoyish qiladi.
Go‘ri Amir maqbarasini ўрганиш uchun tashkil etilgan hukumat ekspeditsiyaси. Foto: O‘zArxiv.
Qabrlarning ochilishi
1941-yil 16-iyunda ekspeditsiya a’zolari ertalab Amir Temur mақбарасида yig‘iladi. Shu paytda qabrlarni qaysi tartibda ochish haqida bahs boshlanadi.
Gerasimov qabrlarni bir boshdan, ya’ni eng chekkadagi Mir Sayyid Umar qabrini ochishdan boshlashni taklif қилади. Arxeolog V.A. Shishkin esa Mir Саййид Umar va Mir Sayyid Barakalarning qabrlariga tegmaslikni taklif qiladi. U o‘z fikrini hukumat ekspeditsiyasi asosan Temur va temuriylar qabrlarini ўрганиш uchun tuzilganligini, xilxonadagi barcha qabrlarni ochishga vaqt yetishmasligini va boshqa sabablar bilan dalillaydi. Boshqalar ham uning fikriga qo‘shiladilar.
Tadqiqot vaqtida olingan ushbu noyob kadrlar esa kinooperator Malik Qayumov tomonidan suratga olingan.
Shunday qilib, ekspeditsiya birinchi bo‘lib Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshohning qabrini ochadi va o‘rganishlar natijasida uning jasadi qayta dafn etilganligini va uning boshi tanasidan judo qilinganligini xulosa qiladi. Hukumat ekspeditsiyasi ushbu qabrda haqiqatdan ham Mironshoh dafn etilganligini ta’kidlaydi.
Undan so‘ng 17-iyun kuni Amir Temurning kichik o‘g‘li Shohrux Mirzoning qabri ochiladi. O‘rganishlar davomida uning jasadi mumiyolanganligi ma’lum bo‘ladi. Uning suyuklari Samarqand davlat universitetida o‘rganiladi.
18-iyun kuni ekspeditsiya Amir Temurning nabirasi, Mirzo Ulug‘bekning qabrini ochadi. Qabrda Ulug‘bekning boshi tanasidan нарирoqда, yuzi yerga qaratilgan holda қўyilганлиги, bosh chanog‘i bilan birga uchta bo‘yin umurtqasi qo‘yilganligi aniqlanadi. Uchinchi umurtqada o‘tkir tig‘ning izi yaqqol ko‘rinadi.
Gerasimov o‘ldirilgan Ulug‘bek bosh chanog‘ini diqqat bilan o‘rganib chiqib, qilich tig‘ining izi uning pastki jag‘ida ham qolganligini аниқлади. Uning fikricha, zarb nihoyatda kuchli bo‘lib, Ulug‘bek tizzalangan holatda бўлган va qotil u bilan yuzma-yuz turib, o‘ngdan chap tomonga qarab qilich solgan. Umurtqada qolgan izlarga qaraganda, qilich juda o‘tkir va qotil bu borada katta tajribaga ega bo‘lgan.
Amir Temur qabrining ochilishi
19-iyun, payshanba kuni sohibqiron Amir Temurning qabrini ochishga kirishiladi. Uning qabri ўғилларининг qabriдан ancha farq qilib, salobati va uлuғворлиги bilan ajralib turadi. Sohibqiron ko‘milgan joy 20 santimetr qalinlikdagi og‘ir marmartosh bilan bekitilgan bo‘lib, toshning uzunligi 245 sm, eni esa 90 santimetr bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bu qabrtoshga boshqa, ikkinchi yupqa qilib tarashlangan va yozuv bitilgan oniks (aqiq) toshi yopishtirilgan. Uning lahadi tarashlangan tosh taxtalardan yasalgan bo‘lib, uzunligi 3 m, eni va chuqurligi 1 metr bo‘lgan.
Qabrni ochish ishlari 20-iyun kuni davom ettiriladi.
Amir Temur qabrini ochish jarayoni.
Tobutning ustiga qoramtir ko‘kish rangli gazlama yopilganligi aniqlanadi. Tobutning rangi qoramtir, yog‘ochlari baquvvat, silliqlangan taxtalardan yasalgan bo‘lib, alohida qopqog‘i ham bo‘lgan. Tobutning to‘rt burchagida to‘rtta oyoqchasi bo‘lib, uni zax yerga tegib turishidan asragan. Tobutni yasagan ustalar uni muстаҳкаmлаш uchun to‘rt burchakli temir mixlardan foydalanishgan.
Tobutning qopqog‘i ustida ikki qismdan iborat bo‘lgan gazlama parchalari, gazlamaning bosh tomonidagi qismida esa oltin iplar bilan solingan naqshlar saqlangan. Gazlama yomon saqlangani, ya’ni qabrni suv bosganligi oqibatida chiriganligi uchun naqshning butunicha ko‘rinishini tiklashning iloji bo‘lmagan. Gazlama ipakdan nafis qilib to‘qilgan bo‘lib, uning o‘rtarog‘ida oltin iplar bilan bitilgan arabcha imlodagi yozuvlar bo‘lgan.
Arxeolog V.Shishkin Amir Temurning tobuti ustiga yozilgan gazlama qandaydir avliyoning qabri ustidan olingan yoki Ka’badan olib kelinganligini taxmin qilgan. Ekspeditsiya rahbari, professor Qori-Niyoziy esa “bu gazlama sohibqironning jangovar bayrog‘i bo‘lishi mumkin” degan taxminni aytgan. Tobut ustiga yopilgan gazlamaning rangi qora bo‘lib, u ipakdan to‘qilgan va tobut qopqog‘ini butunicha qoplab turgan.
21-iyun, shanba kuni ham Amir Temur qabrini ochish ishlari davom etdi. Ekspeditsiya a’zolari tobutning qopqog‘i ochilgach, atrofni allaqanday xushbo‘y hid qoplaganligini aytishgan. Manbalarga ko‘ra, Amir Temur O‘tror shahrida vafot etganda, uning jasadini Samarqandga olib kelib, dafn etish uchun mumiyolash zarur bo‘lgan. Shu sababli undan taralgan hidlar mumiyolash paytida ishlatiladigan moylarning hidi ekanligi aytiladi.
Amir Temur qabridan olingan oyoq suyagi.
Amir Temurning jasadi uzun qilib yotqizilgan holda, yuzi esa qibla tomonga qaratilgan holatida ekanligi aniqlangan. Suyaklarning ba’zi joylariga kafan qoldiqlari yopishib qolgan va bosh, bo‘yin, oyoq tomonlarida mumiyolangan muskullar, teri parchalari bo‘lgan. Jasadning usti yupqa loyqa va tuzlar bilan qoplangan bo‘lib, bu suv toshqinlari tufayli qabrga kirgan suvning қолдиқлари ekanligi aytiladi.
Ehtiyotkorlik bilan qabrdan чиқариб olingan Amir Temurning bosh chanog‘i uch soat davomida soya joyda қuритилади. Shundan so‘nggina bosh chanoqni kimyoviy usullar bilan muстаҳкаmлаш mumkin bo‘ladi.
Amir Temur qabridan olingan bosh chanog‘i.
Bundan oldin antropologlar Amir Temurning bosh chanog‘ida qisman saqlanib qolgan soch, soqol va қошларнинг қолдиқларини avaylab ko‘chirib olgan. Uning sochi va soqolining rangi сарғиmтир, xuddi zanglagan temirning rangiga o‘xshash bo‘lgan. Shunda olimlarda, Amir Temurning soch-soqoli bo‘yalganmikan degan fikr uyg‘onadi. Shuning uchun kimyogar-olim V.Kononov uning sochlarini kimyoviy usullar bilan tekshirib ko‘radi. Olim soch-soqolning rangi tabiatan shunday bo‘lganligini aniqlaydi.
Ekspeditsiya jasadning suyaklarini o‘rganib, Amir Temurning o‘ng qo‘li bukilmaganligi va o‘ng oyog‘i oqsoq bo‘lganligi haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelishini ham isbotlaydi.
Amir Temur qabridan olingan oyoq suyagi.
Antropolog Gerasimov Amir Temur 70 yildan ko‘proq umr ko‘rganligiga qaramay, uning bosh chanog‘ida va boshqa suyaklarida keksalik alomatlari кўринmаганлигини ta’kidlagan.
Amir Temurning soch tolalari qalin va to‘g‘ri bo‘lib, sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangda, sal-pal oq ham oralagan. Uning bosh chanog‘ida qoshlarining qoldiqlari ham saqlangan bo‘lib, uzunligi 12−14 millimetrgacha borgan va rangi to‘q-jigarrang bo‘lgan. Mo‘ylovi saqlanmagan. Gerasimov bosh chanoqdagi o‘rniga qarab uning mo‘ylovi uzun, labidan ham pastga tushib turganligini aniqlagan.
Amir Temur qabridan olingan bosh chanog‘i.
Amir Temur qabridan olingan bosh chanog‘i asosida yaratilgan taxminiy yuz ko‘rinishi.
Antropolog Gerasimov jasadning bosh chanog‘idan tiklagan Amir Temur byusti.
22−23-iyun kunlari esa hukumat ekspeditsiyasi Amir Temurning nabirasi Muhammad Sultonning qabrini ochib, jasadni o‘rganish ishlarini olib boradi. 24-iyunda ekspeditsiya ishi yakunlanadi.
Qabrlardan olingan suyaklarni o‘rganish natijasida Gerasimov Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Mirzo Shohruxlarning yuz ko‘rinishini tiklaydi. 1941-yilning 9-dekabr sanasida Toshkentda ularning suratlarini qabul qilish maqsadida yig‘ilish o‘tkaziladi.
Temurning “qarg‘ishi"(mi?)
Amir Temurning qabri 21-iyunda ochilib bo‘linib, jasadi chiqariladi. Aynan ushbu kunning ertasiga, 22-iyun kuni Germaniya qo‘shinlarining sobiq Sovet Ittifoqi hududiga bostirib kirganligi sababli ayrimlar mazkur voqeani Ikkinchi jahon urushi boshlanishiga ta’sir qilgan “ilohiy omil” sifatida qarashgan.
Qabrlarni ochish jarayonini tasvirga olgan taniqli kinooperator Malik Qayumov “Hayotim — kinematografiya” nomli kitobida bu haqda bir voqeani so‘zlab bergan, deya keltiradi Daryo.uz internet nashri. Qayumov o‘z kitobida shunday yozadi:
“Uzoq davom etgan suratga olish ishlaridan so‘ng bir piyola choy ichish uchun choyxonaga kirdim. Qarasam, uchta chol choy ichib o‘tirishgan ekan. Qo‘llarida esa kattakon kitob bor edi. Ulardan biri Temur qabri ochilishida aloqam bor yoki yo‘qligi bilan qiziqdi. Hazillashib “eng katta boshlig‘iman”, deb aytdim, chunki mening buyrug‘im bilan chiroqlar yoqilar edi. “Temurning qabrini ochmaslik kerak, ochsa urush ruhi chiqadi”, deb aytdi.
Bu gap 1941-yil yo 16, yo 17-iyun kuni sodir bo‘ldi. “Bu nimadan ma’lum”, deb so‘radim men. Chol kitobdagi yozuvni ko‘rsatib, kulibroq arabcha o‘qishni bilasizmi, deb so‘radi. Men “bilaman” deb javob berdim. Javobim ularni ajablantirdi, chunki bu paytda biz kirill alifbosiga o‘tib bo‘lgan edik. Ular mendayin yosh yigitni arabcha o‘qishni bilmaydi deb o‘ylashgan edi. Men kitobda haqiqatan ham “Temurning qabrini ochish mumkin emas, ochilsa urush ruhi chiqadi va qiyomatli kunlar boshlanadi”, degan yozuvni o‘qidim.
Bu gaplar haqida Qori Niyoziy, Semyonov va Ayniyga aytdim. Ular ham kelib kitobni ko‘rishdi, kulishdi. Domla Ayniy bularning barini safsata dedi va chollarni choyxonadan haydab yubordi. Men o‘zimning tajribasizligim va g‘o‘rligimdan o‘sha kitobni va chollarni suratga olmaganimdan hozir juda qattiq pushaymon qilmoqdaman".
Malik Qayumov bu gaplarni Stalingacha ham yetkazadi, shundan keyin esa Temur suyaklari qaytadan dafn etiladi. Yana bir tasodif bilan aynan Amir Temurning jasadi qabrga qaytarilgach va qabr yopilgach Sovet Ittifoqi qo‘shinlari g‘alabalarni qo‘lga kiritishni boshlaydi.
Biroq ushbu hodisalarning bir vaqtda bo‘lganligi tasodif ekanligining ehtimoli katta. Chunki Ikkinchi jahon urushi 1939-yilda Germaniyaning Polshaga hujumidan boshlangan. Gitlerning Sovet Ittifoqiga hujum qilish bo‘yicha “Barbarossa” rejasi esa 1940-yildayoq tasdiqlanganligi aytiladi.
2022-yilning 26-fevralida ayrim internet-nashrlarida “Uzbekskiye arxeologi 23 fevralya vskrыli grobnitsu Timura” sarlavhali xabar ham e’lon qilindi. O‘zbekiston fanlar akademiyasi uning yolg‘on (feyk) ekanligini ta’kidladi.
Ushbu feyk xabarda 2021-yil dekabrida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumining Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasida Amir Temur qabrini ochish bo‘yicha qarori qabul qilinganligi va arxeologlar maqbarani ochgani ta’kidlangan. Fanlar akademiyasi ushbu masala muhokama qilinmagani va kun tartibiga qo‘yilmaganini ma’lum qildi.
Akademiya ham o‘z xabarida antropolog Gerasimov o‘zi yaratgan usul bilan Amir Temur, Mironshoh, Shohrux, Mirzo Ulug‘bek va Muhammad Sultonlarning hujjatli portretlarini yaratgani va 1942-yilning oxirlariga kelib, Amir Temur maqbarasidan qazib olingan suyaklar ilmiy jihatdan o‘rganib bo‘lingach, qaytadan o‘z joylariga dafn etilganini aytgan.
Video