Farg‘ona viloyati Furqat tumani IIB xodimlari 14 aprel kuni fuqaro X.K. o‘z tomorqasida 6 tup ko‘knori o‘stirayotganini aniqladi, deb xabar berdi IIV matbuot xizmati.

Holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan (ekish taqiqlangan ekinlarni etishtirish / uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Aniqlangan 6 tup ko‘knori ashyoviy dalil sifatida olingan, gumondor esa hibsga olingan.