Toshkentning Uchtepa tumanida Nikolaya II davriga oid 5 rubllik tilla tangalarning soxta nusxalarini sotayotgan firibgar ushlandi, deya xabar qildi Bosh prokuratura huzudagi Departament
Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi hamda IIV SHXBB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A. K. boshqa bir fuqaro M.ga 20 dona tangani har birini 300 AQSh dollardan hisoblab sotmoqchi bo‘lgani aniqlandi. U jami 6 000 dollarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.