O‘zbekiston turizm magistrali bo‘ylab 31 ta tuman (shahar) hududidan o‘tuvchi yo‘l bo‘yida 1 tadan «karvonsaroy» quriladi

O‘zbekiston turizm magistrali bo‘ylab 31 ta tuman (shahar) hududidan o‘tuvchi yo‘l bo‘yida kompleks turizm xizmatlarini (avtoturargoh, kemping, avtoservis, ovqatlanish, yoqilg‘i quyish) qamrab olgan 1 tadan «karvonsaroy» barpo etiladi. Shuningdek, hududlarda turizm klasterlari tashkil etiladi.

Akmal Burxonov Antikorrupsiya agentligi devoriga chizilgan graffitni qo‘llab-quvvatladi

Rassom Inkuzart Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hovlisining tashqi devoriga «Korrupsiya» graffitini chizdi. Agentlik direktori Akmal Burxonov art-obyektni qo‘llab-quvvatlab, uni «murosasiz kreativ yondashuv» deb atadi va aholini korrupsiyaga qarshi faol kurashishga chaqirdi.

«Hudud mas’ullari hali „uyg‘ongani“ yo‘q» — prezident turizm bo‘yicha hokim o‘rinbosarlariga sinov muddati berdi

Prezident 4 ta hududdan tashqari barcha viloyat hokimlarining turizm bo‘yicha o‘rinbosarlariga 3 oy sinov muddati berdi. Shuningdek, davlat rahbari qaysi hokim muzeylar muammosi bilan shug‘ullandi, degan savolga ijobiy javob yo‘qligini ta’kidladi. Mutasaddilarga turizm sohasida pandemiyagacha bo‘lgan ko‘rsatkichlarni tiklash eng ustuvor vazifa etib belgilandi.

Turizm va madaniy meros vaziriga uch nafar o‘rinbosar tayinlandi

Prezidentning tegishli qarori bilan Baxtiyor Ibragimov, Nusratilla Zikrillayev va Botirjon Shaxriyorov turizm va madaniy meros vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi.

budjet ochiqligini ta’minlamagan 2 ta tashkilot rahbari ma’muriy javobgarlikka tortildi

Hisob palatasi 133 ta vazirlik va idoralar tomonidan budjet jarayonining ochiqligini ta’minlovchi ma’lumotlarni veb-saytlarga joylashtirilganini o‘rgandi. Yakunda 2021 yilning III choragida 91 ta, IV chorakda 54 ta tashkilot ochiq ma’lumotlarni umuman joylashtirmagani aniqlandi. Ilk bor 2 ta tashkilot rahbari sud qarori bilan ma’muriya javobgarlikka tortildi.

O‘zbekistonda aholi Ramazon hayiti munosabati bilan 5 kun dam oladi

Prezident kelgusi haftada Ramazon hayiti munosabati bilan ham aholiga 5 kunlik dam olish berilishini aytdi. Uning aytishicha, Navro‘z bayramidagi dam olish kunlarida Buxoro va Samarqandga qo‘shimcha 110 ming mahalliy turistlar borgan. 2022 yildan davlat tashkiloti xodimlariga yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqish xarajatlarining 20 foizini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan qoplash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

DBQda Bojxona hududida/tashqarisida qayta ishlash bojxona rejimini takomillashtirish boshqarmasi tashkil etildi

Davlat bojxona qo‘mitasida Bojxona hududida/tashqarisida qayta ishlash bojxona rejimini takomillashtirish bo‘yicha boshqarma tashkil etildi. Shuningdek, bojxona hududida qayta ishlash rejimi soddalashtiriladi.

Shuhrat Abdurahmonov o‘zini haqiqiy andijonlik deb bilganlarni har kuni Andijon polkasiga raqsga tushishga chaqirdi

Shuhrat Abdurahmonov viloyatda «Andijon polkasi» oyligini e’lon qilib, tashkilot va idoralar rahbarlari, o‘zini haqiqiy andijonlik deb bilgan barchani butun jamoasi, hamkasblari bilan har kuni Andijon polkasi raqsiga tushishga chaqirdi.

«Andijon polkasi» raqsini YUNESKO nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritish taklif qilindi

Prezident raisligidagi turizm sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha videoselektorda «Andijon polkasi» raqsini YUNESKO nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha taklif berildi. Davlat rahbari ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.

Buxorodan Istanbulga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airways Buxorodan Istanbulga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar haftada ikki marta amalga oshiriladi.

Birinchi chorakda UzAuto Motors sof foydasi 75 foizga oshdi

UzAuto Motors birinchi chorak yakunlari bo‘yicha 619 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 75 foizga ko‘pdir.

Tibbiyot birlashmalarida bolalar anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limlari va pediatriya postlari joriy etiladi

Prezident qarori bilan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida bolalar anesteziologiya-reanimatsiya bo‘limlari hamda kechayu kunduz shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatuvchi pediatriya postlari joriy etiladi. Shuningdek, 1 maydan poliklinikalarda bolalar bo‘limlari ish boshlaydi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

Dambami yoki kuchli yog‘ingarchilik: Jizzaxning Egizbuloq qishlog‘idagi talofatli selga nima sabab bo‘ldi?

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Ibragimov Egizbuloqdagi selga avvaliga do‘l, uning ortidan kuchli yomg‘ir yog‘gani sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Mahalliy aholi esa tog‘da «Huaxin» sement zavodi karer uchun yo‘l qurgan va soy yo‘lida damba hosil qilgan degan fikrda. «Gazeta.uz» ushbu masala yuzasidan surishtiruv olib bordi.

«Qadrli toshkentliklar, shinam, ko‘rkam, zilzilaga bardoshli uy — sizlarga sovg‘a». Ittifoq respublikalari yangi Toshkentni qanday qurishgan?

1966 yil 26 aprel kuni erta tongda Toshkent dahshatdan larzaga tushdi. Taxminan 8 ballik zilzila butun ko‘cha va mavzelarni yer bilan yakson qildi. Vayron bo‘lgan poytaxtni qayta tiklash uchun O‘zbekiston viloyatlari va butun Sovet ittifoqi quruvchilari Toshkentga oshiqdilar. Shaharning turli qismlarida «Butunittifoq hashari» usulida qurilgan uylar bugungi kungacha saqlanib qolgan. Ayrimlarining yon va old tomonlari esdalik yozuvlar bilan bezatilgan. "Gazeta.uz" 1966−1970-yillardagi binolarning shahar arxitekturasi va aholi madaniyati uchun qanday ahamiyati va qiymati borligini tahlil qildi.