O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish bekor qilindi

Prezident O‘zbekistonda bukmekerlik faoliyatini qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qarorni bekor qildi. Prezidentning avvalgi farmoni bilan 2021 yil 1 yanvardan bukmekerlik idoralarini ochishga ruxsat berilgan, biroq huquqiy asoslar mavjud bo‘lmagani sababli mamlakatda ular faoliyati noqonuniy bo‘lib qolayotgan edi.

Senat majlisining jonli efiri 8 daqiqadan kam davom etdi

UzReport TV orqali Senat majlisi translyatsiyasi boshlanganidan qariyb 8 daqiqa o‘tib to‘xtatildi. Parlament yuqori palatasining YouTube-sahifasida jonli efir 2019 yil oktabridan beri birinchi marta namoyish etilmadi. Prezident farmoniga ko‘ra, 1 dekabrdan boshlab yig‘ilishlar MTRK kanallari va internet tarmog‘ida efirga uzatilishi kerak edi.

Senat inson a’zolari transplantatsiyasi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Endilikda inson a’zolari transplantatsiyasi uchun bemorga qarindosh bo‘lmaganlar ham donorlik qilishi mumkin. Tirik donorni undan a’zosini va (yoki) to‘qimalarini olish uchun rozilik berishga majburlash taqiqlanadi.O‘zbekiston fuqarosi chet davlat fuqarosi bo‘lgan retsipiyent uchun donor bo‘lolmaydi. «Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida»gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Go‘sht va yog‘ importiga nol darajali QQS stavkasi muddati uzaytirilishi mumkin

Bir qator oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, go‘sht, o‘simlik yog‘i va kartoshkani olib kirish va sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasi 2022 yil oxirigacha uzaytirilishi rejalashtirilmoqda, — deya ma’lum qildi deputat Doniyor G‘aniyev. Banan, ananas va boshqa sitrus mevalari uchun import bojlari imtiyozlari ham uzaytirilishi mumkin.

Dehqonobodda aniqlangan ona ayiq va uning ikki bolasi tirik ekani ma’lum qilindi

Ekologiya qo‘mitasi Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida aniqlangan ona ayiq va uning ikki bolasi tirik ekanini ma’lum qildi. Ular tasviri «Terakli» MFY hududida olingan bo‘lsa, o‘lik ayiq bolasi Qizilsoy o‘rmonidan topilgan.

Andijonda xokimiyat bosh yuristkonsulti pora bilan qo‘lga tushdi

Asaka tumani hokimligi bosh yuristkonsulti fermer xo‘jaligining suddagi ishini hal qilib berish evaziga $1000 olayotgan vaqtda qo‘lga tushdi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ov quroli va o‘q-dorilarini olish huquqiga ega bo‘lish uchun yosh chegarasi 25 yosh etib belgilanmoqda

O‘zbekiston fuqarolarining fuqaroviy ov qurolini va uning o‘q-dorilarini olish huquqiga ega bo‘lish uchun yosh chegarasi 25 yosh etib belgilanmoqda. Shuningdek, fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini hadya etilishi taqiqlanishi mumkin. Qurol va uning o‘q-dorilari muomalasini davlat tomonidan tartibga solish va nazoratni amalga oshirish funksiyalari Milliy gvardiyadan ichki ishlar organlariga o‘tkazilmoqda.

Markaziy bank kreditlarga kafil bo‘lgan fuqarolarni ogohlantirdi

Markaziy bank o‘z vaqtida qaytarilmayotgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri kafillarning hisob raqamidan yechib olinayotgani yuzasidan izoh berdi. MB kafil bo‘layotgan fuqarolarni o‘zi va qarz oluvchining kelajakda yo‘liqishi mumkin bo‘lgan moliyaviy risklarni to‘g‘ri tahlil qilishga chaqirdi.

Moliya vazirligi tadbirkorlar hisobotlarini topshirish muddatini uzaytirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston Moliya vazirligi tadbirkorlarga moliyaviy hisobotlarni topshirishda yengilliklar berishni rejalashtirmoqda. Unga ko‘ra, yillik hisobotlarni keyingi yilning 1 apreligacha, choraklik hisobotlarni esa hisobot davridan keyin 40 kun ichida taqdim etishga ruxsat berilishi mumkin.

4 sotix yerni $30 mingga sotmoqchi bo‘lgan hokim yordamchisi va uning sinfdoshi ushlandi

Toshkent tumani hokimi yordamchisi va uning sinfdoshi 4 sotix yerni 30 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganda ushlandi. Nurafshonda esa MCHJ rahbari 2 gektar yerni 500 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi. DXX, Bosh prokuratura huzuridag Departament va IIV noqonuniy yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq bir qancha holatlarni aniqladi.

Fix Price yil boshidan buyon O‘zbekistondagi 12 ta do‘konini yopdi

Rossiyaning Fix Price diskaunterlar tarmog‘i yil boshidan buyon O‘zbekistondagi 12 do‘konini yopdi, yana 30 tasi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Ichimlik suviga asossiz hisoblangan to‘lovlar uchun kompensatsiya talab qilish huquqi berilmoqda

Iste’molchilarga ichimlik suvi bo‘yicha asossiz hisoblangan to‘lovlarning yarmi miqdorida kompensatsiya talab qilish huquqi berilmoqda. Ushbu kompensatsiya ichimlik suvi ta’minoti tashkilotidan undiriladi.

Texnikum bitiruvchilari OTMda o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi

Texnikum bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirishi mumkin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi.

O‘qituvchi va shifokorlarning maoshi boshqa sohalarga qaraganda sekin o‘smoqda

So‘nggi besh yil ichida ta’lim sohasida o‘rtacha ish haqi 2,5 barobar oshdi, biroq mamlakatdagi o‘rtacha ish haqiga nisbatan farq 16,8 foizdan 26,5 foizgacha ko‘tarildi. Sog‘liqni saqlash sohasida esa tafovut asta-sekin qisqardi, ammo 2022 yil yanvar-mart oylarida u besh yil avvalgi ko‘rsatkichga qaytdi.

Foto: Hisor qo‘riqxonasida bahor

Davlat ekologiya qo‘mitasi noyob jonivorlar yashaydigan Hisor davlat qo‘riqxonasining bahoriy tabiatidan tasvirlarni e’lon qildi.