2 may, dushanba kuni O‘zbekistonda Ramazon hayiti nishonlanadi. Musulmonlar idorasi respublika bo‘ylab Ramazon hayiti namozi vaqtlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududlarida hayit namozi quyidagi vaqtlarda o‘qiladi:
- Andijon viloyati — 05:30;
- Buxoro viloyati — 06:00;
- Jizzax viloyati — 05:55;
- Navoiy viloyati — 06:00;
- Namangan viloyati — 05:30;
- Samarqand viloyati — 06:00;
- Sirdaryo viloyati — 05:50;
- Surxondaryo viloyati — 06:00;
- Toshkent viloyati — 05:50;
- Toshkent shahri — 05:40;
- Farg‘ona viloyati — 05:30;
- Xorazm viloyati — 06:10;
- Qashqadaryo viloyati — 06:00;
- Qoraqolpog‘iston Respublikasi — 06:20.