O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi afg‘on OAVlariga tayanib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan 4 mayga o‘tar kechasi O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasida o‘zbek chegarachilarining o‘limiga sabab bo‘lganligi aytilayotgan otishma haqidagi ma’lumotlar borasida bayonotini e’lon qildi.
«Shuni ma’lum qilamizki, tarqatilgan xabarlar umuman haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Chegarada vaziyat osoyishtaligicha qolmoqda, janubiy sarhadlarni qo‘riqlash odatdagi tartibda olib borilayotir», — deya ta’kidladi TIV.
Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihulla Mujohid ham turli internet nashrlarida paydo bo‘lgan maqolalarni yolg‘on va asossiz deb atadi, deyiladi vazirlik xabarida.