Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning surati tushirilgan oltin tangalar chiqarilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Markaziy bank matbuot xizmati bunday tangalar chiqarilganligini inkor qildi.

«Bugungi kunda Markaziy bank tomonidan prezident shaxsiga bag‘ishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar yoki banknotlar muomalaga chiqarilmagan», — deyiladi xabarda.

Markaziy bank tomonidan yubiley sanalari, tarixiy va zamonaviy davrning muhim voqealariga bag‘ishlangan qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar muomalaga chiqarilib, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirilib kelinadi, deyiladi xabarda.