Moliya vazirligi «Fuqarolar uchun budjet 2022» yangilangan nashrida O‘zbekistondagi 10 ta eng yirik soliq to‘lovchi tashkilotlar nomini taqdim etdi.
Spot`ning yozishicha, ro‘yxat 2021 yilning noyabriga nisbatan o‘zgarmagan, biroq ilgari ushbu kompaniyalar budjet daromadlarining 36,4 foizini ta’minlashi prognoz qilingan bo‘lsa, hozir bu ko‘rsatkich 40,2 foizgacha oshdi.
Foto: Adliya vazirligi
- «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» — 20,2 foiz;
- «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» — 11 foiz;
- «O‘zbekneftgaz» — 2,2 foiz;
- «O‘ztransgaz» — 1,9 foiz;
- UzBAT — 1,3 foiz;
- «Hududgazta’minot» — 1,3 foiz;
- «O‘zbekiston metallurgiya kombinati» — 0,7 foiz;
- Uz-Kor Gas Chemical — 0,5 foiz;
- UzAuto Motors- 0,5 foiz;
- «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» — 0,5 foiz.