Farg‘ona vodiysiga qatnovchi poyezdlar harakati yana bir kunga bekor qilindi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya sel oqibatlarini bartaraf etish maqsadida 5 may kuni Toshkent-Andijon-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 60/59-sonli hamda 62/61-sonli yo‘lovchi poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilganini e’lon qilgandi.

Noqulay ob-havo tufayli poyezdlar 6 may kuni ham yurmasligi ma’lum bo‘ldi. Yo‘lovchilarga xarid qilingan chiptalari 100 foiz mikdorda qaytarib beriladi.

Shuningdek, vodiy viloyatlari o‘rtasida harakatlanadigan elektropoyezdlar harakat jalvaliga ham o‘zgartirish kiritiladi, deyiladi xabarda.