12 may kuni soat 15:27 da O‘zbekistonda zilzila qayd etildi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma’lum qilishicha, uning epitsentri Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida joylashgan.
Zilzila magnitudasi epitsentrda 6 ni tashkil etdi, u Toshkentdan 411 km janubiy-g‘arbda joylashgan bo‘lib, chuqurligi — 15 kmdan iborat bo‘lgan.
O‘zbekiston hududida zilzila sezilish kuchi:
- Surxandaryo viloyatida 4−5 ball, 96 km.
- Qashqadaryo viloyatida 4 ball, 132 km.
- Samarqand viloyatida 3−4 ball, 180 km.
- Jizzax viloyatida 3 ball, 246 km.
- Navoiy viloyatida 3 ball, 265 km.
- Buxoro viloyatida 3 ball, 288 km.
- Sirdaryo viloyatida 3 ball, 318 km.
- Toshkent viloyatida 2−3 ball, 396 km.
- Toshkent shahrida 2−3 ball, 410 km.
- Farg‘ona viloyatida 2 ball, 496 km qayd etilgan.