O‘zgidromet 13−14 may kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida noqulay ob-havo bo‘lishi haqida shoshilinch xabar e’lon qildi.
Juma va shanba kunlari mazkur hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lib, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘ladi, do‘l yog‘ishi mumkin.
Shu sanalarda kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning quyidagi tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzar, Koson tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqorg‘on, Muzrobot tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori-Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqurg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduk, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida.
Tog‘ oldi va tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.