18−23 may kunlari O‘zbekistonning 9 ta hududida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin, deb ogohlantirmoqda O‘zgidromet.
Qayd etilishicha, shu kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq paytida shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi. Ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi kutilmoqda, do‘l yog‘ishi mumkin.
Sel kelish xavfi yuqori bo‘lgan hududlar:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzar, Koson tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqorg‘on, Muzrobot tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori-Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqurg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduk, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida.
O‘zgidromet tog‘ oldi va tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘ramoqda.