Hokim yordamchisi tuman hokimi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, Maxamadmuso Obidov Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani hokimi etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Qo‘rg‘ontepa tumani «Chorvador» mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
O‘zbekiston Milliy banki saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Maxamadmuso Obidov bankning Andijon viloyati filiali rahbari ham hisoblangan.