Mirobod tumanining bir necha ko‘chalari ta’mirlanayotganligi sababli ko‘chalarda avtotransport harakati qisman cheklanishini ma’lum qildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’mirlanayotgan hududlar:

  • Mehrjon va Kichik xalqa yo‘li kesishmasi;
  • Kichik xalqa yo‘li va Avliyo ota ko‘chalari kesishmasi;
  • Temiryo‘lchilar va Sariko‘l ko‘chalari kesishmasi;
  • Mehrjon va Sariko‘l ko‘chalari kesishmasi;
  • Oybek va Kichik xalqa yo‘li ko‘chalari kesishmasi;
  • Turkiston va Kichik xalqa yo‘li kesishmasi.

Mazkur yo‘llar aynan qancha muddatda ta’mirlanishi haqida ma’lumot berilmagan.

Biroq, hokimiyat qo‘shimcha qilinishicha, ta’mirlash jarayonida yo‘l yopilmaydi.