Futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini O‘zbekiston olimpiya jamoasi g‘alaba bilan boshladi. Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida Turkmaniston U23 jamoasiga qarshi o‘tkazilgan ochilish uchrashuvi 1:0 hisobida yakunlandi.
O‘yinning 75-daqiqasida o‘zbekistonlik futbolchi Ulug‘bek Hoshimov tomonidan penaltidan kiritilgan yagona gol uchrashuv yakunigacha saqlanib qoldi.
Timur Kapadze shogirdlari guruh bosqichining 2-turida 4 iyun kuni Qatar U23, 7 iyun kuni Eron U23 olimpiya jamoalariga qarshi bahs olib boradi.