2−5 iyun kunlari Buyuk Britaniyada qirolicha Yelizaveta II hukmronligining 70 yilligi sharafiga paradlar va tantanalar o‘tkazilmoqda.
96 yoshli qirolicha Britaniya tarixidagi eng uzoq hukmronlik qilgan va eng keksa monarx hisoblanadi. 1952 yil 6 fevralda, otasi qirol Jorj VI vafot etgan kuni Yelizaveta qirolicha deb e’lon qilindi.
2015 yilda u katta buvisi qirolicha Viktoriyaning hukmronlik rekordini yangiladi. Yelizaveta, shuningdek, dunyodagi eng uzoq vaqt hukmronlik qilgan va eng keksa davlat rahbaridir. Qirolichaning turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp 2021 yil aprelida 99 yoshida vafot etdi.
2 iyun kuni bayram London markazida Trooping the Colour harbiy paradi bilan boshlandi. Bukingem saroyi balkonida qirolicha Yelizaveta II, valiahd shahzoda Charlz, uning rafiqasi Kamilla va qirollik oilasining boshqa a’zolari minglab yig‘ilganlarni kutib oldilar va Qirollik havo kuchlarining parvozini tomosha qilishdi.
Foto
Foto: Hannah McKay / Reuters
Qirollik uyi piyoda qo‘riqchilari qo‘shinlari 2 iyun kuni Trooping the Colour paradida harakatlanmoqda. Foto: Richard Pohle / Pool via Reuters
Foto: Matt Dunham / Pool via Reuters
Odamlar qirolicha Yelizavetaning Trooping the Colour paradidan keyin Buyuk Britaniya havo kuchlarining maxsus paradini tomosha qilish uchun Bukingem saroyi balkonida paydo bo‘lganini kuzatishmoqda. Foto: Aaron Chown / Pool via Reuters
Foto: Richard Pohle / Pool via Reuters.
2 iyun oqshomida Buyuk Britaniya shaharlari osmonini mushakbozlik bezatdi.
Vindzor qal’asi ustidagi mushakbozlik, 2 iyun. Foto: Peter Nicholls / Reuters
Bukingem saroyi fasadida qirolicha Yelizaveta suratining proyeksiyasi. Foto: Phil Noble / Reuters
Qirolicha Yelizaveta Vindzor qal’asidagi asosiy yubiley mayoqning yoqilishini boshqarmoqda. Foto: Steve Parsons / Pool via Reuters
Blekpul shahridagi Blekpul minorasi ustidagi mushakbozliklar, Lankashir, Angliya. Foto: Molly Darlington / Reuters
Platina yubileyini nishonlash paytida yoritilgan Enniskillen qal’asining ko‘rinishi, Shimoliy Irlandiya, 2 iyun. Foto: Clodagh Kilcoyne / Reuters