12 iyun kuni «Butunjahon velosiped kuni» munosabati bilan Toshkentning markaziy ko‘chalari bo‘ylab velomarafon o‘tkaziladi, deya xabar qildi poytaxt ma’muriyati matbuot xizmati.
Velomarafon paytida Toshkent markazidagi quyidagi ko‘chalar soat 8:00 dan 11:00 gacha yopiladi:
- Kichik xalqa yo‘li va Sharof Rashidov ko‘chalari kesishmasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Nukus ko‘chasi kesishmasigacha;
- Sharof Rashidov va Nukus ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Istiqbol ko‘chasi kesishmasigacha;
- Istiqbol, Nukus va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi bo‘ylab Sharof Rashidov ko‘chasi kesishmasigacha.
Ushbu velomarafonda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin. O‘z velosipediga ega bo‘lmaganlar uchun ijara punktlari tashkil etiladi.