Bugun, 13 iyun kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar berdi O‘zgidromet. Faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Kunduzi havo harorati +30…+35 darajadan yuqoriga ko‘tarilmaydi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan biroz pastdir. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari kuzatilishi mumkin.

Ish haftasi davomida O‘zbekiston bo‘yicha asosan quruq va kam bulutli ob-havo bo‘ladi. Faqat ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor, shuningdek do‘l yog‘ishi mumkin.

Havo harorati kechalari +16…+21 daraja, kunduz kunlari +34…+39 daraja atrofida, janubiy va cho‘l hududlarida +40…+42 daragacha bo‘ladi.

13 va 14 iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.