Davlat OTMlariga onlayn-qabul 20 iyundan boshlanadi

Davlat OTMlarga kirish uchun abituriyentlarni onlayn-qabul 20 iyundan 20 iyulgacha davom etadi. Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun esa qabul 10 iyulga qadar amalga oshiriladi. Abituriyentlar 5 tagacha yo‘nalish bilan birga ta’lim shaklini ham tanlash imkoniyati berilmoqda.

OTMlarga kirish uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

Prezident 2022/2023 o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish uchun davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqladi.

Toshkent davlat agrar universitetining sobiq rektori hibsga olindi

Toshkent davlat agrar universiteti sobiq rektori Botirjon Sulaymonov moliyaviy va qabul bo‘yicha kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlikda gumonlanmoqda. Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov u hibsga olinganini ma’lum qildi. «Xatoliklar bo‘lmaganda rektorga nisbatan bunaqa katta ish bo‘lmas edi», — dedi vazir.

Yangi o‘quv yilidan magistraturaga qabul yilda ikki marta o‘tkaziladi

Prezident qarori bilan 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul yilda ikki marta — avgust va yanvar oylarida amalga oshiriladi. Kontrakt miqdori esa OTM tomonidan mustaqil belgilanadi.

Kelin-kuyov mojarosidan keyin Senat ayollarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirmoqchi

Surxondaryoda kuyov to‘yda kelinni urgan voqeadan keyin Senatda maxsus Ishchi guruh tuzildi. Senatorlar xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Qolaversa, yigit va qizlarni to‘ydan oldin Oila markazlaridagi mashg‘ulot va davra suhbatlariga jalb etish taklifi bildirildi.

Abdulaziz Kamilov prezidentning maxsus vakili bo‘ldi

Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Abdulaziz Kamilov davlat rahbarining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili etib tayinlandi.

Toshkent-Volgograd o‘rtasida poyezd qatnovi 25 iyundan boshlanadi

25 iyundan boshlab «Toshkent-Volgograd-Toshkent» yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi qatnay boshlaydi. Kupe va platskartdagi joylar uchun chiptalar narxi belgilandi.

«Bank tizimidagi korrupsiya xalq ishonchiga putur yetkazmoqda» — Akmal Burxonov

Bank tizimi ta’lim sohasidan keyin eng korrupsiyalashgan tarmoq hisoblanadi, dedi Antikorrupsiya agentligi rahbari. Ikki yilda 676 nafar bank xodimi 354,2 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan. «Bu raqamlar islohotlarga soya solmoqda va xalq ishonchiga putur yetishiga sabab bo‘lmoqda», — dedi Akmal Burxonov.

OTMlarga kirishdagi imtiyozlar qayta ko‘rib chiqiladi — oliy ta’lim vaziri

Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov OTMlarga kirishda beriladigan barcha imtiyozlar qayta ko‘rib chiqilib, inventarizatsiyadan o‘tkazilishini ma’lum qildi. «Juda ko‘p va xo‘p imtiyozlarimiz bor. Keyingi o‘quv yilidan shu imtiyozlarning vaqtini yashab bo‘lganlaridan voz kechamiz», — dedi u.

O‘zbekiston davlat OTMlarida o‘qishni ko‘chirishning yangi tartibi belgilandi

Xorijdagi ta’lim muassasalaridan O‘zbekistondagi davlat OTMlarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish taqiqlandi. Talabalar turmush qurganda, davlat xodimining ish joyi boshqa hududga ko‘chirilganda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

Parrandachilik bilan shug‘ullanuvchilarga imtiyozli kreditlar beriladi

1 iyundan parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga don zaxirasi yaratish uchun 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oygacha revolver kreditlar ajratiladi. Bundan tashqari, parrandachilik xo‘jaliklariga davlat tomonidan imtiyoz va subsidiyalarni my.vetgov.uz sayti orqali berish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Boshqalarning nomiga mikrokreditni rasmiylashtirib, pullarni o‘zlashtirish kuchayib boryapti — IIV

IIV Kiberxavfizlik markazi rahbari so‘nggi uch yilda kiberjinoyatlar soni 8,3 baravarga ortib ketganini ma’lum qildi. «Hozirgi kunda bank mijozlarining shaxsiy ma’lumotlarini olgan holda mikrokredit rasmiylashtirish holatlari juda kuchayib boryapti», — dedi Behzod Mamajonov.

Tanzila Narbayeva AQSh rasmiylari bilan uchrashdi

Senat raisi Tanzila Narbayeva AQSh davlat kotibining fuqarolik xavfsizligi, demokratiya va inson huquqlari bo‘yicha o‘rinbosari Uzra Zeya, Demokratlar partiyasidan kongressmen Ami Bera va AQShning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha komissiyasining katta siyosiy maslahatchisi Jenis Xelvig bilan uchrashdi.

Samarqand viloyatida ayol kishi «samosud» qilindi

Samarqandda dala maydonida ona-bola birgalikda boshqa bir ayolni «samosud» qilgani aytilmoqda. Videoda yigit tokqaychi ushlab olgani, ayol esa jabrlanuvchining bosh qismiga urayotganini ko‘rish mumkin. Samarqand viloyat IIB hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

Inflyatsiya darajasi eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar — tarix va bugun

Iqtisodiyot tarixida giperinflyatsiya holatlari ko‘p bor yuz bergan. Ammo bu kabi holatlar hozirgi kunda ham turli mamlakatlarda ro‘y bermoqda. Pulning qadrsizlanishi, aynan hozirgi xalqaro vaziyat fonida yana dolzarb mavzuga aylanmoqda.