O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-may oylarida qiymati 335 mln dollarga teng bo‘lgan 615,6 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan. Bu Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida aks etgan.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 44 ming tonnaga ko‘proqni tashkil etdi. O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-may oylarida qiymati 291,6 mln dollarga teng bo‘lgan 526,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

2022 yilning 5 oyida eksport qilingan meva va sabzavotlar hajmi:

  • meva va rezavorlar — 61 ming tonna;
  • quritilgan meva va rezavorlar — 17,6 ming tonna;
  • sabzavotlar — 498 ming tonna;
  • karam — 127,8 ming tonna;
  • pomidor — 41,4 ming tonna;
  • uzum — 10,1 ming tonna;
  • mayiz — 32,8 ming tonna;
  • yeryong‘oq — 9,4 ming tonna;
  • tarvuz-qovun — 4,1 ming tonna.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning may oyida ichki bozordagi sabzavotlar yillik nisbatda narxlar oshishi bo‘yicha yetakchi o‘rinni qayd etdi — o‘tgan yilning may oyiga nisbatan 32%ga qimmatlagan. Shuningdek, ichki bozordagi mevalar narxi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,3%ga oshganini ko‘rish mumkin.