24 iyun kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana ortib, 119kishi kasallik yuqtirgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bemorlarning qariyb yarmi — 54 nafari Toshkent shahrida aniqlandi. Toshkent viloyatida 12 ta, Surxondaryo va Qashqadaryoda 9 tadan, boshqa viloyatlarda 1 tadan 6 tagacha kasallanish qayd etildi.
2020 yil mart oyidan buyon rasman qayd etilgan kasallanishlarning umumiy soni 240 206 ta.
Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus omikron-shtammining eng yuqumli deb aytilayotgan Stealth-Omicron BA.2 varianti aniqlangani xabar qilingandi.
Bir kun avval Toshkent hokimi poytaxtning har bir tumanida ixtisoslashtirilgan kovid-poliklinikalarni qayta ochishga qaror qildi.