«Tinchlik» bekatidagi issiq suv quvurlaridan suv sizib chiqqani aniqlandi, deb xabar berdi Toshkent metropoliteni matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, hodisa sabab 2-vestibyulning bir qismi vaqtincha yopilgan.

Hozirda «Toshkent metropoliteni» DUK hamda «Toshissiqquvvat» mas’ul xodimlari kerakli ishlar amalga oshirilmoqda. Muammo esa bartaraf etilmoqda, deyiladi xabarda.

Avvalroq, anomal issiqlik tufayli Toshkent metropolitenining yer usti stansiyalarida kunduz kunlari poyezdlar tezligi pasayishi aytilgandi.