O‘zbekiston Musulmonlar idorasi bugun — 30 iyun payshanba kuni Zulhijja oyining 1-kuni ekanini ma’lum qildi.
Shunga ko‘ra, Qurbon Hayiti 9 iyul — shanba kuniga to‘g‘ri keladi.
Prezident farmoniga ko‘ra, Qurbon Hayiti arafasida barcha uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar) ketma-ket 4 kun dam olish kunlari bo‘ladi:
- 9 iyul — Qurbon hayiti bayram kuni;
- 10 iyul — yakshanba, odatiy dam olish kuni;
- 11 iyul — dushanba, qo‘shimcha dam olish kuni;
- 12 iyul — seshanba, ko‘chirilgan qo‘shimcha dam olish kuni (16 iyul — shanba kunidan).