“Nukus” aeroporti faoliyati komendantlik vaqtida cheklanadi, deb xabar berdi “Uzbekistan Airports”.
“Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat joriy etilishi va prezident qarori ijrosini taminlash maqsadida „Nukus“ aeroporti faoliyati komendantlik soatlarida vaqtinchalik soat 21:00 dan 07:00 gacha cheklanadi”, — deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan “Uzbekistan Airways” AJning 2022 yil 3 iyul kuni Toshkent — Nukus — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY017/HY018 reyslari bekor qilindi.
Reysi bekor bo‘lgan yo‘lovchilar manziliga 4 iyul kuni yetkaziladi. Aviakompaniya yo‘lovchilarni reyslar kechiktirilishi haqida xabardor qilganini ma’lum qildi.
Avvalroq, “Gazeta.uz” muxbiri Shuxrat Latipov namoyishlardan keyingi Nukus shahri haqida fotoreportaj tayyorlagandi.