9 iyul, shanba kuni O‘zbekistonda Qurbon hayiti nishonlanadi. Musulmonlar idorasi respublika bo‘ylab Qurbon hayiti namozi vaqtlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududlarida hayit namozi quyidagi vaqtlarda o‘qiladi:
- Andijon viloyati — 05:05;
- Buxoro viloyati — 05:35;
- Jizzax viloyati — 05:20;
- Navoiy viloyati — 05:30;
- Namangan viloyati — 05:05;
- Samarqand viloyati — 05:25;
- Sirdaryo viloyati — 05:20;
- Surxondaryo viloyati — 05:25;
- Toshkent viloyati — 05:15;
- Toshkent shahri — 05:20;
- Farg‘ona viloyati — 05:05;
- Xorazm viloyati — 06:00;
- Qashqadaryo viloyati — 05:30;
- Qoraqolpog‘iston Respublikasi — 06:05.
Eslatib o‘tamiz, 2020 va 2021 yillarda O‘zbekistonda Qurbon hayiti namozi pandemiya munosabati bilan ado etilmadi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi uning o‘rniga, quyosh chiqqandan keyin 4 rakatli Zuho namozini o‘qishni tavsiya qilgan edi.