Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida kam bulutli ob-havo kuzatiladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Bugun 8 iyul kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi +30…+35 daraja bo‘lib, bu iqlimiy qiymatlardan biroz past hisoblanadi.
9−11 iyul — Qurbon hayitini nishonlash kunlarida respublikaning barcha hududlarida kam bulutli ob-havo kuzatilib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat foni qulay bo‘lib, kechasi +17…+22 daraja, kunduzi 9 iyulda +30…+35 daraja, 10−12 iyulda +32…+37 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Shanba va yakshanba kunlari Farg‘ona viloyatining ayrim tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.